Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar
amalga oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) soliq bazasi soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkning xaridorlari (uni oluvchilar) soliq agenti deb eʼtirof etiladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslar mustasno. Bunday hollarda soliq bazasi sotib olinayotgan (olinayotgan) davlat mol-mulkining soliq hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida musodara qilingan mol-mulk, sudning qaroriga binoan realizatsiya qilinadigan mol-mulk, egasiz qimmatliklar, xazinalar va sotib olingan qimmatliklar, shuningdek meros olish huquqi asosida davlatga oʻtkazilgan qimmatliklar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu mol-mulkni (qimmatliklarni) aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olgan holda realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi sifatida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organ, tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliq agenti deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan har bir operatsiyani amalga oshirish chogʻida soliq agentlari tomonidan alohida aniqlanadi. (5-q.) Ushbu moddaga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar soliq toʻlovchidan tegishli soliq summasini, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va budjetga toʻlashi shart. (6-q.) Ushbu moddaga muvofiq soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati xaridorga toʻlangan soliq summasini ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling