Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

49-modda. Qimmatli qogʻozlar 
(1-q.)
Qimmatli qogʻozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi 
oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar 
tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa 
shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir. 
(2-q.)
Qimmatli qogʻozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari
depozitar tilxatlar, opsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari kiradi, shuningdek qonunchilikka 
yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq qimmatli qogʻozlar 
deb eʼtirof etiladigan boshqa qimmatli qogʻozlar kiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Qimmatli qogʻozlarni emissiyaviy qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritish tartibi 
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan 
qonunchilik bilan belgilanadi. 
(4-q.)
Agar qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiya muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar mezonlariga muvofiq boʻlsa, soliq toʻlovchi uni mustaqil 
ravishda soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiyalar jumlasiga 
yoki muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar jumlasiga kiritishga haqli. 
(5-q.)
Soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida 
rioya etilgan taqdirda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlayotgan 
qimmatli qogʻozlar (muomaladagi qimmatli qogʻozlar) deb eʼtirof etiladi: 
ular qimmatli qogʻozlar savdolarining hech boʻlmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan 
muomalaga kiritilgan boʻlsa;
ularning narxlari (kotirovkalari) toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon 
qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday 


manfaatdor shaxsga qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran 
uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa; 
soliq toʻlovchi bu qimmatli qogʻozlarga doir bitimni tuzgan sanadan eʼtiboran oʻtgan ketma-
ket uch oy ichida ular boʻyicha hech boʻlmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan 
boʻlsa (bundan qimmatli qogʻozlarni birlamchi joylashtirish chogʻidagi bozor kotirovkasining 
hisob-kitobi mustasno). 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling