Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
50-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari
(1-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun shartnoma tomonlari huquq va majburiyatlarining asos aktivlarga nisbatan taqsimlanishi boʻyicha va tomonlar majburiyatlarining bajarilishiga toʻgʻri keladigan sana koʻrsatilgan shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq shartnoma talablari boʻyicha sud himoyasi lozim boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun oʻsha shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etilmaydi. Mazkur shartnoma tufayli koʻrilgan zararlar soliq solishda hisobga olinmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli bitimning predmeti tushuniladi. (4-q.) Asos aktiv sifatida, jumladan chet el valyutasi, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol- mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narx yoki foiz stavkalarining indekslari, muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi mumkin. (5-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. (6-q.) Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni yetkazib berish yoʻli bilan, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha uzil-kesil oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish yoʻli bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy vositasi bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish yoʻli bilan bajarish muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquqlar va majburiyatlarning bajarilishi deb eʼtirof etiladi. (7-q.) Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir, asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yoʻnalishdagi operatsiya deb - asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya uchun esa - asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiya eʼtirof etiladi. (8-q.) Soliq toʻlovchi asos aktivni yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya deb yoki ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim deb eʼtirof etib, ushbu bitimni mustaqil ravishda, ushbu moddaning talablarini inobatga olgan holda tavsiflashga haqli. (9-q.) Bitimning predmetini yetkazib berishni (bundan xedjirlash operatsiyalari mustasno) nazarda tutuvchi bitimlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar toifasiga kiritish mezonlari soliq toʻlovchi tomonidan hisob siyosatida soliq solish maqsadlari uchun aniqlanishi kerak. (10-q.) Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquq va majburiyatlarning ijro etilish sanasi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyaning tugallanish sanasidir. (11-q.) Muddatli bitimning moliyaviy vositasi boʻyicha majburiyatlar quyidagi hollarda uni qayta tavsiflamagan holda tugatilishi mumkin: 1) bir turdagi talablar va majburiyatlarni hisobga oʻtkazgan holda (oʻzaro hisobga oʻtkazgan holda); 2) shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq boʻlgan bosh kelishuvda belgilangan tartibda, agar bunday tugatishda netto-majburiyatning summasini belgilash nazarda tutilgan boʻlsa; 3) tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablarni hisobga oʻtkazgan holda, agar bunday hisobga oʻtkazish netto-majburiyatning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa. (12-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir emitentning bir turdagi, bir toifadagi (xildagi) yoki bitta pay investitsiya fondining (pay investitsiya fondlarining investitsiya paylari uchun) bir xil hajmdagi huquqlarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlarini yetkazib berishga doir talablar, shuningdek pul mablagʻlarini ayni shu valyutada toʻlashga doir talablar bir turdagi talablar deb eʼtirof etiladi. (13-q.) Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (14-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari uyushgan bozorda muomalada boʻlgan bitimlarning moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga) boʻlinadi. (15-q.) Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb eʼtirof etiladi: 1) bitimlarni tuzish, ularning muomalada boʻlishi va bajarilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega boʻlgan savdolarning tashkilotchisi tomonidan belgilansa; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi band) 2) muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa. (16-q.) Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan boʻlsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida faqat, basharti asos aktivni yetkazib berish bunday bitimning shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan keyin kamida uchinchi kundan soʻng amalga oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin. (17-q.) Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin. (18-q.) Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb eʼtirof etiladi. (19-q.) Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb eʼtirof etiladi. (20-q.) Yetkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi. (21-q.) Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti tomonidan hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi tushuniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling