Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga 
yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi - oltinchi 
qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz 
shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeks qoidalari soliq toʻlovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, 
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning 
hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham 
qoʻllaniladi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlarning qarz shartnomasida foizlar pul 
shaklida toʻlanishi nazarda tutilishi kerak. 
(4-q.)
Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi. 
(5-q.)
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning 
uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarz shartnomasi 
boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlarning shartnomani 
tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud boʻlmagan taqdirda esa, hisob-
kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qogʻozlarning bozor narxi va 
hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq 
aniqlanadi. 
(6-q.)
Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga 
oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning boshlanish sanasi boʻladi, qimmatli qogʻozlarga 
boʻlgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi 
qarzning tugash sanasi boʻladi. 
(7-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlar tarzida berilgan (olingan) qarz 
shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak. 
(8-q.)
Agar qarz shartnomasida qimmatli qogʻozlarni qaytarish muddati belgilanmagan 
boʻlsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa (ochiq sanali qarz 
shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil ichida qimmatli qogʻozlar qarz oluvchi 
tomonidan kreditorga qaytarilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar qarz 
boshlangan sanada realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli 
qogʻozlarni realizatsiya qilishdan (sotib olishdan) olingan daromadlari hamda qilingan xarajatlari 
qimmatli qogʻozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (toʻlangan) sanadagi bozor narxidan 
(hisob-kitob narxidan) kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.


(10-q.)
Mazkur qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu 
Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. 
(11-q.)
Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qoʻllaniladi, 
agar: 
1) qarz shartnomasida qarzni qaytarish muddati belgilangan boʻlsa, biroq qimmatli qogʻozlar 
qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtgach kreditorga qarz oluvchi tomonidan 
qaytarilmagan boʻlsa; 
2) qimmatli qogʻozlarni qaytarishga doir majburiyat kreditorga pul mablagʻlarini toʻlash 
yoki qimmatli qogʻozlardan farq qiladigan boshqa mol-mulkni oʻtkazish orqali tugatilgan boʻlsa. 
(12-q.)
Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qaytarish 
yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki toʻliq hajmda bajarilmagan taqdirda, oʻziga nisbatan 
lozim darajada bajarmaslikka yoʻl qoʻyilgan va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili 
oʻtkazilmagan REPO operatsiyasi uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish 
maqsadida qoʻllaniladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling