Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
52-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari
(1-q.) Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qogʻozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligida repo shartnomalariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Repo shartnomasi boʻyicha sotib oluvchi va repo shartnomasi boʻyicha sotuvchi tegishincha REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi deb eʼtirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak. (4-q.) REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida bittasini nazarda tutishi mumkin: 1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchiga REPOning birinchi qismi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar yoki ular ayirboshlangan qimmatli qogʻozlar oʻrniga boshqa qimmatli qogʻozlarni berish huquqi; 2) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchidan ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan oʻtkazishni talab qilish huquqi. (5-q.) Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi. (6-q.) REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ularga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash yoki ularni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan eng kechrogʻi tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb eʼtirof etiladi. (7-q.) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham oʻzgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan boʻlsa va agar REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan eʼtiboran bir yil ichida bajarilgan boʻlsa, REPO operatsiyalari deb eʼtirof etiladi. (8-q.) Qimmatli qogʻozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday oʻzgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chogʻida aniqlanadi va u qatʼiy belgilangan yoki hisob-kitobli boʻlishi mumkin. (10-q.) REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. (11-q.) Agar REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida toʻliq yoki qisman bajarilmasa va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmasa, REPOning ikkinchi qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, lozim darajada bajarilmagan deb eʼtirof etiladi. (12-q.) Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini toʻliq bajarmaslik deb eʼtirof etilmaydi: 1) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan eʼtiboran oʻn kun ichida bajarish; 2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yoʻli bilan bajarish (tugatish): a) agar bunday talablar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan shartnomalarning namunaviy shartlariga mos boʻlgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi kichik band) b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa. (13-q.) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim. (14-q.) REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi: 1) repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qoʻyiladigan talablarga va (yoki) REPO operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganda; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 2) repo shartnomasi bekor qilinganda; 3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda. (15-q.) REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun asos boʻlgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi. (16-q.) REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash chogʻidagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling