Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

55-modda. Soliq qarzi 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan 
muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning, shu jumladan ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarning 


summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy 
sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar boʻyicha ham, 
ularning har biri boʻyicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. 
(3-q.)
Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida 
toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1) soliqlar summasi; 
2) hisoblangan penyalar
3) jarimalar. 
56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga 
joylashtirilgan axborot resursi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan 
soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻz huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga 
oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor 
shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi 
mumkin.
(OʻzR 10.03.2020-y. OʻRQ-607-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga va soliq toʻlovchilar tomonidan soliq 
organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti 
ushbu soliq toʻlovchi soliq organlarida hisobga qoʻyilganidan keyin shakllantiriladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq toʻlovchi tomonidan 
ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga 
oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka 
tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti 
orqali amalga oshiriladi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishidan yoki 
boʻlmasligidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi. 
(6-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq 
toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va 
majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali 
elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi. 
(8-q.)
Elektron raqamli imzo soliq toʻlovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari 
markazi orqali haq toʻlash asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
belgilangan tartibda taqdim etiladi. 


(9-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi 
toʻxtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy 
kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda 
yuboradi. 
(10-q.)
Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy 
kabineti orqali yuborilishi chogʻida u koʻrsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar 
yuboriladi. 
(11-q.)
Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga 
yuborilganda soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki elektron 
raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan boʻlsa, mazkur hujjat 
soliq toʻlovchiga ushbu maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qogʻozda yuboriladi. 
(12-q.)
Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq soliq 
organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan 
soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida 
koʻrsatilgan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni soliq organiga 
taqdim etish uchun foydalaniladi. 
(13-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik 
shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda 
tutilgan tartibda hisobga qoʻyilgan kundan eʼtiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq 
organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish 
huquqi soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi 
oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling