Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 58-modda. Notijorat tashkilotlar
- 59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatn amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
57-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
(1-q.) Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi: qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa; yer uchastkalariga ega boʻlgan, bu yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa. (2-q.) Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va oʻsimliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi: 1) qishloq va oʻrmon xoʻjaligi oʻsimlikshunosligi mahsulotlari; 2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari; 3) ipakchilik mahsulotlari; 4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar. (3-q.) Sanoatda qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsuloti deb eʼtirof etilmaydi. 58-modda. Notijorat tashkilotlar Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb eʼtirof etiladi, agar: (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa; daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa. 59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatn amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (1-q.) Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi: 1) tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno). Tibbiy xizmatlar jumlasiga, ushbu bandni qoʻllash maqsadida, quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari koʻrsatish: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) a) tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash xizmatlari; b) stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini oʻrnatish xizmatlari; 2) taʼlimga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish; 3) ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki) ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu jumladan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni realizatsiya qilish); 4) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga, xususan, quyidagilar kiradi: a) sport inshootlarida, maktablarda, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi klublarda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida oʻtkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari; b) sport musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish xizmatlari, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish; v) sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib turish boʻyicha xizmatlar; 5) bolalarni, keksalarni va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning ijtimoiy taʼminoti sohasidagi xizmatlar. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling