Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

415-modda. Soliq stavkalari 
(1-q.)
Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5 
foiz miqdorida belgilanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz 
miqdorida belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 
Ikkinchi qism qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan 
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(3-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun 
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 
qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi 
mumkin hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq 
etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb 
hisoblansin 
(3-q.)
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi: 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish 
liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar; 


2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling