Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

60-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN 
MOL-MULK SOLIGʻI 
418-modda. Soliq toʻlovchilar 
419-modda. Soliq solish obyekti 
420-modda. Soliq bazasi 
421-modda. Soliq imtiyozlari 
422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri 
423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 
418-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan 
olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy 
shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq 
toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, 
shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va 
(yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. 
419-modda. Soliq solish obyekti 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan 
olinadigan mol-mulk soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish 
obyekti hisoblanadi. 
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari; 
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari; 
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar. 
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni 
qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan 
obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga 


vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi 
tugallanmagan obyektlar kiradi; 
4) koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek 
boshqa imoratlar, binolar va inshootlar. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi 
band) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling