Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 62-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIGʻI
- 433-modda. Soliq toʻlovchilar
432-modda. Soliqni toʻlash tartibi
(1-q.) Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. (3-q.) Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: hisobot yilining 1-sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1-dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi. 62-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIGʻI 433-modda. Soliq toʻlovchilar 434-modda. Soliq solish obyekti 435-modda. Soliq bazasi 436-modda. Soliq imtiyozlari 437-modda. Coliq stavkalari 438-modda. Soliq davri 439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 440-modda. Soliq toʻlash tartibi 433-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi. (OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar va inshootlar meros boʻyicha oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxoʻrlardan undiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling