Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

472-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan 
soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar 
bajarilgan taqdirda qoʻllaniladi: 
1) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) chet ellik investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda
3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi 
kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz boʻlganda;
4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik 
asbob-uskuna tarzida kiritilganda
5) ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi 
natijasida ularning qoʻllanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi 
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yoʻnaltirilganda. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan 
toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan 
muddat oʻtganidan keyin bir yil oʻtmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik 
investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat 
berilgan soliq imtiyozlari summalarining oʻrni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu 
Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy 
chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan davr 
uchun soliqlar ushbu Kodeksning VIII boʻlimida nazarda tutilgan penyalar qoʻllanilgan holda, 
umumbelgilangan tartibda toʻlanadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling