Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 470-1-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq
hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. (3-q.) Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay. (4-q.) Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 470-1-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) (1-q.) Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qiladi. (2-q.) Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtish chogʻida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli. (3-q.) Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga soliq davri mobaynida oʻtilgan taqdirda, soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. (4-q.) Agar soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi. (5-q.) Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi. (6-q.) Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467- moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli. (7-q.) Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi. (8-q.) Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi mazkur soliq boʻyicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi. (9-q.) Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi. (10-q.) Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling