Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
475-modda. Umumiy qoidalar 476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 475-modda. Umumiy qoidalar (1-q.) Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʻlib, bu shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi. (2-q.) Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi: hisob yuritish va hisobot berish tartibi; soliq solish va boshqa toʻlovlarni toʻlash shartlari; chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi. 476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. (3-q.) Chet ellik investorga soliq solish quyidagi oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi: 1) foyda soligʻi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromad boʻyicha va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha olingan daromad boʻyicha alohida- alohida toʻlanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʻlgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi solish obyektidir; 2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʻlanadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq. (4-q.) Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi boʻladi. Bunda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʻlib ish yuritadigan ishtirokchi toʻgʻrisida xabardor etishi shart. (OʻzR 12.10.2021-y. OʻRQ-721-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling