Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. XUSUSIY AMALIYOT BILAN SHUGʻULLANUVCHI


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

71-BOB. XUSUSIY AMALIYOT BILAN SHUGʻULLANUVCHI 
NOTARIUSLARGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI 
479-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
notariuslarga soliq solish 
480-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
notariuslarning foydasiga soliq solish 
479-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
notariuslarga soliq solish 
(1-q.)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan 
oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni 
toʻlovchilar hisoblanadi.
(2-q.)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʻlash tarzida 
olinadigan daromadlar boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha ijtimoiy soliq va jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlaydi.
(3-q.)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga 
haq toʻlash boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni 
hisoblab chiqarish hamda toʻlash majburiyati yuklatiladi. 
(4-q.) 
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʻrsatish 
boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi. 
480-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
notariuslarning foydasiga soliq solish 
(1-q.)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar foyda soligʻini ushbu Kodeksda 
belgilangan stavka boʻyicha toʻlaydi. Bunda foyda soligʻini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish va toʻlash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay 
amalga oshiriladi. 


(2-q.)
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ushbu 
Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari 
deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar 
jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga 
muvofiq aniqlanadi. 
(4-q.)
Foyda soligʻi toʻlanganidan keyin xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling