Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro
etishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini yoki soliq auditini oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. (2-q.) Ushbu huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda ularni sodir etganlikda aybdor boʻlgan jismoniy shaxslarga va yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Agar soliq organi jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin materiallarni prokuratura organlariga yuborgan boʻlsa, ushbu soliq organi shu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turishi shart. (4-q.) Materiallarni prokuratura organlariga yuborish bilan bir vaqtning oʻzida ushbu jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi toʻxtatib turiladi. Bunday toʻxtatib turish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan materiallar prokuratura organlariga yuborilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliq qarzini undirish muddatlarining oʻtishi ushbu soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turish davriga toʻxtatib turiladi. (5-q.) Agar prokuratura organlariga yuborilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror chiqariladigan boʻlsa, soliq organining toʻxtatib turilgan qarorlarining amal qilishi qayta tiklanadi. Qarorning amal qilishini qayta tiklash soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan prokuratura organlaridan ushbu faktlar toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar tegishli jinoyat ishi boʻyicha oqlov hukmi chiqariladigan boʻlsa, xuddi shunday qoida qoʻllaniladi. (6-q.) Agar jismoniy shaxsning uni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu jismoniy shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarish uchun asos boʻlgan boʻlsa, soliq organi qabul qilingan qarorni ushbu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish qismi boʻyicha bekor qiladi. (7-q.) Soliq organlaridan materiallar olgan prokuratura organlari soliq organlariga tegishli qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni yuborishi shart. (8-q.) Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq organi qarorlarining koʻchirma nusxalari tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan oʻziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) topshiriladi (yuboriladi). (9-q.) Ushbu moddaning qoidalari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va (yoki) soliq agentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling