Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari 
qarorlarini ijro etish 
(1-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan soliq organining qarori ustidan 
shikoyat qilinganda, bunday qaror yuqori turuvchi soliq organi tomonidan bekor qilinmagan va 
ustidan shikoyat qilinmagan qismi boʻyicha shikoyat yuzasidan yuqori turuvchi soliq organi 
tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 
(2-q.)
Agar shikoyatni koʻrib chiqadigan yuqori turuvchi soliq organi quyi soliq organining 
qarorini bekor qilsa va yangi qaror qabul qilsa, yuqori turuvchi soliq organining bunday qarori u 
qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 


(3-q.)
Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirsa, quyi soliq 
organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni koʻrib chiqmasdan 
qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, lekin mazkur shikoyatni berish 
muddati tugamasdan kuchga kiradi. 
164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish 
(1-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u kuchga kirgan kundan eʼtiboran ijro etilishi 
lozim. 
(2-q.)
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga 
yuklatiladi. 
(3-q.)
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu 
yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori 
kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga 
yuboriladi. 
165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar 
toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan buzilishlari toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq 
organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs 
va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim boʻlgan dalolatnomani tuzadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Dalolatnoma belgilangan shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlangan kundan 
eʼtiboran oʻn kun davomida tuziladi. 
(3-q.)
Dalolatnomada soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining hujjatlar bilan 
tasdiqlangan faktlari, shuningdek ushbu faktlarni aniqlagan mansabdor shaxsning aniqlangan 
qoidabuzarlikni bartaraf etishga doir xulosa va takliflari koʻrsatilishi kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Dalolatnomaning shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
(5-q.)
Dalolatnoma soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga imzo qoʻydirib beriladi 
yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Agar mazkur shaxs 
dalolatnomani olishdan bosh tortsa, soliq organining mansabdor shaxsi dalolatnomaga tegishli 
belgi qoʻyadi. Bunday holda dalolatnoma ushbu shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan 
yuboriladi. Mazkur dalolatnoma buyurtma xat bilan yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda 
beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi. 
(6-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs dalolatnomada bayon etilgan holatlarga 
va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsning xulosalari hamda 
takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida 
dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini tegishli 


soliq organiga taqdim etishga haqlidir. Bunda mazkur shaxs eʼtirozlarining asoslanganligini 
tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova 
qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli. 
(7-q.)
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin soliq 
organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari faktlari qayd 
etilgan dalolatnomani, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan taqdim 
etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(8-q.)
Dalolatnoma javobgarlikka tortilayotgan shaxs yoki uning vakili ishtirokida koʻrib 
chiqiladi. 
(9-q.)
Soliq organi tekshiruv dalolatnomasi koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida 
soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanadigan kunga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor 
qiladi. 
(10-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra dalolatnomaning koʻrib 
chiqilishiga kelolmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq organining rahbari (rahbar 
oʻrinbosari) dalolatnomaning koʻrib chiqilishini koʻpi bilan uch kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida 
qaror qabul qilib, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor qilinadi. 
(11-q.) 
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan, tegishli 
tarzda xabardor qilingan shaxsning yoki uning vakilining kelmaganligi soliq organi rahbarini 
(rahbar oʻrinbosarini) dalolatnomani ushbu shaxsning yoʻqligida koʻrib chiqish imkonidan 
mahrum etmaydi. 
(12-q.)
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida tuzilgan dalolatnoma, soliq nazorati 
tadbirlarining boshqa materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yozma eʼtirozlari oʻqib eshittirilishi mumkin. Yozma 
eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni dalolatnomani koʻrib chiqish bosqichida oʻz 
tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi. 
(13-q.)
Dalolatnoma koʻrib chiqilayotganda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning 
tushuntirishlari eshitiladi, boshqa dalillar oʻrganib chiqiladi. 
(14-q.)
Ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl 
qoʻyilmaydi. 
(15-q.)
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (axborot), hatto 
ular soliq organiga ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa 
ham koʻrib chiqilishi mumkin. 
(16-q.)
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida bayonnoma yuritiladi. 
(17-q.)
Dalolatnomani va soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallarini koʻrib chiqish 
jarayonida, zarur boʻlgan taqdirda, ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni, 
mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin. 
(18-q.)
Dalolatnomani va boshqa materiallarni koʻrib chiqish davomida soliq organining 
rahbari (rahbar oʻrinbosari): 


1) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini 
sodir etgan-etmaganligini; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) aniqlangan qoidabuzarliklar ushbu Kodeksdagi soliqqa oid huquqbuzarliklar tarkibini 
tashkil etish-etmasligini; 
3) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik 
uchun javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud-mavjud emasligini belgilaydi. 
(19-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno etuvchi 
holatlarni yoxud soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoki 
ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling