Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish toʻgʻrisidagi ariza


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

167-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish toʻgʻrisidagi ariza 
(1-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik 
sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilganidan keyin tegishli soliq 
organi mazkur shaxsga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan moliyaviy sanksiya qoʻllash 


haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Moliyaviy sanksiyalarni undirishning suddan tashqari 
tartibiga yoʻl qoʻyilmaydigan hollarda moliyaviy sanksiya qoʻllashning xuddi shunday tartibidan 
foydalaniladi. 
(2-q.)
Sudga murojaat qilingunga qadar soliq organi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik 
uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsga moliyaviy sanksiyaning tegishli summasini oʻz ixtiyori 
bilan toʻlashni yozma shaklda taklif qilishi shart. 
(3-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka 
tortilayotgan shaxsdan moliyaviy sanksiya undirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda soliq 
organi qonunchilikda belgilangan tartibda talabnomani taʼminlash haqidagi iltimosnomani sudga 
yuborishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi 
ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish 
(1-q.)
Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi qarorlari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar 
summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120-124-moddalarida nazarda 
tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Soliq organlarining arizasiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy 
shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan koʻrib 
chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan 
qarorlarini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling