Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning oʻziga xos xususiyatlari
178-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
(1-q.) Ushbu Kodeks maqsadida, agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bitimlarning narxlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va xarajatlari quyidagi hollarda bozor narxlari deb eʼtirof etiladi: 1) mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlar; 2) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻtkazilgan birja savdolarining natijalariga koʻra tuzilgan bitimlar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 3) monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmalariga muvofiq (tartibga solinadigan narxlar qoʻllaniladigan bitimlar uchun ushbu Kodeksning 179-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda) narxlari belgilangan bitimlar; 4) narxlari ushbu Kodeksning 25-bobida nazarda tutilgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar. (2-q.) Nazorat qilinadigan bitimlarda bitimning narxi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan buning aksi isbotlanmagan boʻlsa yoki soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq (zarar) summalariga mustaqil tuzatish kiritishni amalga oshirmagan boʻlsa, bozor narxi deb topiladi. (3-q.) Agar ushbu Kodeksning Maxsus qismida soliq solish maqsadida ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari boʻyicha tovarning (xizmatning) narxini yoki bitim taraflarining daromadlarini (xarajatlarini) aniqlashning boshqacha qoidalari belgilangan boʻlsa, ushbu Kodeksning Maxsus qismi qoidalari qoʻllaniladi. 179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxni belgilash, eng koʻp va (yoki) eng kam chegaraviy narxlarni belgilash vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar ushbu moddaning toʻrtinchi - yettinchi qismlarida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish maqsadida bozor narxlari deb topiladi. (2-q.) Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxga doir eng koʻp va (yoki) eng kam ustamalar yoki narxlardan chegirmalar belgilash vositasida yoxud rentabellikka yoki foydaga doir cheklovlar vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar soliq solish maqsadida ushbu moddaning sakkizinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bozor narxlari deb topiladi. (3-q.) Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlar, agar narxlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va chet davlatlarning qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilsa, hisobga olinadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Belgilangan narxlarga muvofiq boʻlgan narxlar va narxning kelishilgan formulasiga muvofiq boʻlgan narxlar bozor narxlari deb topiladi. (5-q.) Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng koʻp koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng koʻp koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi. (6-q.) Eng koʻp chegaraviy narxni belgilash chogʻida bunday narx bozor narxini aniqlashda, agar ushbu eng koʻp chegaraviy narx bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng koʻp chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng koʻp koʻrsatkichi ushbu eng koʻp chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng kam koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng kam koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi. (7-q.) Bir vaqtning oʻzida eng kam va eng koʻp chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq aniqlangan eng kam koʻrsatkichi eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, eng koʻp chegaraviy narx esa bozor narxlarining ushbu oraligʻining eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oraligʻining tegishincha eng kam va (yoki) eng koʻp koʻrsatkichiga ushbu moddaning beshinchi - oltinchi qismlariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi. (8-q.) Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng koʻp ustamalar belgilangan boʻlsa yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan boʻlsa, ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga) ushbu moddaning beshinchi - yettinchi qismlarida nazarda tutilgan xuddi shunday tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling