Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-BOB. NAZORAT QILINADIGAN BITIMLAR
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
21-BOB. NAZORAT QILINADIGAN BITIMLAR
180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar 181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari 182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma 180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar (1-q.) Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etiladi: 1) mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha tegishli kalendar yildagi daromadlar summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard soʻmdan oshsa; 2) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qoʻllasa yoki maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlsa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa; 3) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllasa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa; 4) bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻlsa, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa. (3-q.) Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2-4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa. (4-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan oʻzaro aloqador boʻlmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor oʻzaro aloqador shaxslar boʻlsa, ushbu Kodeks maqsadida oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, oʻz ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur ketma-ketligi yoki majmui amalga oshiriladigan uchinchi shaxslarning mavjudligi eʼtiborga olinmaydi. (5-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar: 1) bitimlarning ushbu ketma-ketligida yoki majmuida hech qanday qoʻshimcha vazifalarni bajarmasa, bundan tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish mustasno; 2) oʻz zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmasa va tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech qanday aktivlardan foydalanmasa, qoʻllaniladi. (6-q.) Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar boʻyicha daromadlar summasi bir shaxs (oʻzaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar boʻyicha kalendar yilda olingan daromadlar summasini foyda soligʻi uchun belgilangan daromadlarni eʼtirof etish tartibini hisobga olgan holda qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. (7-q.) Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni (bundan buyon ushbu boʻlimda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar boʻlgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu boʻlimda taqqoslanadigan bitimlar deb yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu boʻlimda nazarda tutilgan transfert narx belgilash chogʻida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik qoʻllash maqsadida amalga oshiriladi. (8-q.) Bitimlar boʻyicha daromadlar summasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bitimlar boʻyicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga muvofiqligini ushbu Kodeksning 22 va 23-boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga haqli. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra, sud bitimni mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etishi mumkin. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling