Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
174-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri
(1-q.) Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) masalalariga doir nuqtayi nazarini ifodalaydi. (2-q.) Soliq organi soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida oʻz tashabbusiga koʻra yoki yuridik shaxsning soʻroviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi. (3-q.) Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) imzosi bilan yuridik shaxsga yuboriladi. (4-q.) Soliq organi asoslantirilgan fikrining shakli va uni tuzishga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Agar soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi fakt aniqlangan boʻlsa, soliq organining asoslantirilgan fikri tuziladi. (6-q.) Soliq organining asoslantirilgan fikri tuzilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuridik shaxsga yuboriladi. (7-q.) Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini oʻtkazish muddati tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin. (8-q.) Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov yuridik shaxs tomonidan xoʻjalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga koʻra soliq monitoringi oʻtkaziladigan davr uchun soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligiga (oʻtkazilganligiga) nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda yoki ushbu masalalar yuzasidan noaniqliklar boʻlgan taqdirda soliq organiga yuboriladi. (9-q.) Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovda yuridik shaxsning mazkur masalalarga doir nuqtayi nazari bayon etiladi. (10-q.) Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov soliq monitoringi davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin. (11-q.) Yuridik shaxsning soʻrovi boʻyicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu yuridik shaxsga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuborilishi kerak. Bu muddat soliq organi tomonidan ushbu yuridik shaxsdan yoki boshqa shaxslardan asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun bir oyga uzaytirilishi mumkin. (12-q.) Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma shaklda xabar qiladi. (13-q.) Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi toʻgʻrisida shu asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabardor qiladi. (14-q.) Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobidagi va soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtayi nazarini eʼtiborga olish orqali, aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa usulda bajaradi. (15-q.) Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi boʻlmagan taqdirda, u olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida soliq organiga oʻz eʼtirozlarini taqdim etadi. Mazkur eʼtirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu eʼtirozlarni oʻzida mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart. (16-q.) Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu yuridik shaxsga yuborilgan, bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xabardor qiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling