Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

25-BOB. SOLIQ SOLISH MAQSADLARIDA 
NARXNI BELGILASH TOʻGʻRISIDAGI BITIM 
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash 
toʻgʻrisidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar 
197-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitimning taraflari 
198-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitimning amal qilish muddati 
199-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitimni tuzish tartibi 
200-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 


bitimning bajarilishini tekshirish 
201-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitimni tugatish tartibi 
202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitim shartlarining barqarorligi 
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash 
toʻgʻrisidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar 
(1-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi 
(bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash 
toʻgʻrisidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb yuritiladi) tuzish 
haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan, 
oʻzining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda 
narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi bitim narxni 
belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb hisoblanadi. 
(3-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning maqsadi soliq toʻlovchi tomonidan 
tuziladigan bitimlarda bozor narxlarini qoʻllashdan iboratdir. 
(4-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim predmeti quyidagilardan iborat: 
1) nazorat qilinadigan bitimlarning hamda oʻziga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitim tuziladigan tovarlarning (xizmatlarning) turlari va (yoki) roʻyxatlari; 
2) soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash tartibi va (yoki) narxni belgilash usullarining 
(formulalarining) tavsifi hamda ularning qoʻllanilish tartibi; 
3) bitimlar narxlarining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiqligini 
aniqlashda foydalaniladigan axborot manbalarining roʻyxati; 
4) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati; 
5) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning 
roʻyxati, ularni taqdim etish tartibi va muddatlari. 
(5-q.)
Taraflarning kelishuvi boʻyicha boshqa shartlar ham narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitim predmeti boʻlishi mumkin. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling