Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning taraflari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

197-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning taraflari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nomidan uning 
rahbari (rahbar oʻrinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflaridir. 
(2-q.)
Agar tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash toʻgʻrisida taraflardan hech 
boʻlmaganda biri chet davlatning soliq rezidenti hisoblanib, bitim tuzish nazarda tutilsa, soliq 
toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bunday chet davlat ijro etuvchi 
hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash toʻgʻrisida shunday bitim tuzish 
haqidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli 
organi ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq 
solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilsa, mumkin boʻladi. Narxni belgilash 


toʻgʻrisidagi bunday bitimlarni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar Oʻzbekiston Respublikasining bir nechta 
oʻzaro bogʻliq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) oʻrtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar 
bilan narxni belgilash toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tuzilishi mumkin. Bunday bitimning 
shartlari ushbu bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi. 
(4-q.)
Ushbu Kodeksning tegishincha 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda narx 
belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini oʻzgartirishda va uning shartlari 
bajarilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini 
ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari 
qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzgan soliq toʻlovchi bitim qaysi shaxslar bilan 
tuzilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, 
soliqqa tortish maqsadida qoʻllaniladigan narxni aniqlash tartibi toʻgʻrisida xabardor qilishga 
haqli. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling