Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-BOB. TOVARLARNI (XIZMATLARNI) REALIZATSIYA QILISH BOʻYICHA AYLANMA. TOVARLARNI (XIZMATLARNI) REALIZATSIYA QILISH JOYI
- 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
238-modda. Soliq solish obyekti
(1-q.) Quyidagilar soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma; 2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. (2-q.) Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. (3-q.) Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) oʻtkazish; 3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining oʻzi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). 32-BOB. TOVARLARNI (XIZMATLARNI) REALIZATSIYA QILISH BOʻYICHA AYLANMA. TOVARLARNI (XIZMATLARNI) REALIZATSIYA QILISH JOYI 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma 240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi 241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma (1-q.) Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilardan iborat: 1) tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi boʻyicha oʻtkazish; 2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno; 3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 4) tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida berish. (2-q.) Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi: 1) pullik asosda xizmatlar koʻrsatish; 2) bepul xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq toʻlovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno. (3-q.) Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb eʼtirof etiladi: 1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa; 2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa; 3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (4-q.) Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir: 1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) ishtirokchilari oʻrtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish): a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib olinganda, ishtirokchiga; b) emitent boʻlgan yuridik shaxs tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olishda, aksiyadorga; v) yuridik shaxs tugatilganda, aksiyadorga yoki ishtirokchiga; 4) xarajatlari ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq (bundan 20-bandda nazarda tutilgan xarajatlar mustasno) foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish, oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatish; 5) jismoniy shaxslarga mehnatga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobiga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 6) soliq toʻlovchi tomonidan oʻziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol- mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv organi aʼzolariga, xodimlarga, ularning oila aʼzolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berish (xizmatlar koʻrsatish); 7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish, agar tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta ishlash mahsuli shaklida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan boʻlsa; 8) erkin bojxona hududining bojxona tartib-taomiliga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovarni yoʻqotish, boshqa holatlarda soliqni toʻlash zarur boʻlgan taqdirda; 9) qaytarilishi lozim boʻlgan, koʻp marta muomalada boʻladigan idishlarning sotuvchi tomonidan berilishi, agar idish bunday idishdagi mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasa. (5-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling