Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

281-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda 
chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq 
hisobotlarini taqdim etish va soliqni 
toʻlash tartibi 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlar 
koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy 
kabineti orqali, belgilangan format boʻyicha elektron shaklda taqdim etadi. 
(2-q.)
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga hujjatlarni (axborotni) va 
maʼlumotlarni taqdim etish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin 
boʻlmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va maʼlumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari 
orqali taqdim etiladi.
(3-q.)
Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa maʼlumotlar oʻtgan chorakdan keyingi 
oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
(4-q.)
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish 
muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
282-modda. Elektron shakldagi xizmatlar 
(1-q.)
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda 
jahon Internet axborot tarmogʻidan (bundan buyon matnda Internet tarmogʻi deb yuritiladi) 
avtomatik usulda foydalanish orqali koʻrsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga 
kiradi. Xususan, bunday xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) dasturiy taʼminotdan (shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkazib beriladigan 
oʻyinlardan), shuningdek maʼlumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi maʼlumotlardan va 
qoʻshimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan ulardan masofadan 
turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim etish; 
2) elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, taʼlimga oid 
materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan, audiovizual asarlardan 
foydalanish huquqini Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali koʻrib chiqish 
yoki eshitish uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan taqdim etish; 
3) Internet tarmogʻida, shu jumladan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlardan va 
Internet tarmogʻida ishlab turgan maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda reklamaga oid 
xizmatlar koʻrsatish, shuningdek Internet tarmogʻida reklama uchun reklamaga oid maydon (joy) 
va vaqt berish; 
4) Internet tarmogʻida tovarlarni (xizmatlarni) va mulkiy huquqlarni olish (realizatsiya 
qilish) toʻgʻrisida takliflar joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish; 


5) Internet tarmogʻi orqali sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va bitimlar 
tuzish uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan 
texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini hamda boshqa imkoniyatlarni berish boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatish. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, Internet tarmogʻida real vaqt rejimida 
ishlaydigan savdo maydonchasini berish kiradi, bu maydonda potensial xaridorlar 
avtomatlashtirilgan tartib-taomil vositasida oʻz narxini taklif etadi hamda taraflar avtomatik tarzda 
yaratiladigan xabar orqali sotuv toʻgʻrisida xabardor qilinadi; 
6) oʻz maqsadlari uchun yoki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida Internet 
tarmogʻida hozir boʻlishni taʼminlash va (yoki) saqlab turish, foydalanuvchilarning elektron 
resurslarini (saytlarini va (yoki) Internet tarmogʻidagi saytlari sahifalarini) saqlab turish, ulardan 
Internet tarmogʻidan boshqa foydalanuvchilarning foydalanishini taʼminlash, foydalanuvchilarga 
ularni modifikatsiyalash imkonini taqdim etish; 
7) dasturning masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda saqlab turish
Internet tarmogʻida axborot tizimlarini, saytlarni va (yoki) sahifalarni boshqarish boʻyicha 
xizmatlar koʻrsatish; 
8) basharti axborotni taqdim etgan shaxs undan Internet tarmogʻi orqali foydalanish 
imkoniga ega boʻlsa, ushbu axborotni saqlash va unga ishlov berish; 
9) axborot tizimida axborotni joylashtirish uchun real vaqt rejimida hisoblash quvvatini 
taqdim etish; 
10) domen nomlar berish, xosting xizmatlarini koʻrsatish; 
11) Internet tarmogʻi orqali xaridor tomonidan maʼlumotlar kiritilayotganda avtomatik 
usulda yuzaga keladigan axborotni yetkazib berish, maʼlumotlarni qidirish, soʻrovlarga koʻra 
ularni saralash va ajratish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali mazkur maʼlumotlarni 
foydalanuvchilarga taqdim etish boʻyicha avtomatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatish. Bunday 
yetkazib berishlar jumlasiga, xususan, fond birjasining real vaqt rejimidagi maʼlumotlari, 
matnlarning avtomatlashtirilgan tarjimasini real vaqt rejimida amalga oshirish kiradi; 
12) potensial xaridorlar toʻgʻrisidagi axborotni qidirish va (yoki) buyurtmachiga taqdim 
etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish; 
13) Internet tarmogʻidagi qidiruv tizimlaridan foydalanish imkonini berish; 
14) Internet tarmogʻidagi saytlarda statistikani yuritish. 
(2-q.)
Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga quyidagilar kirmaydi: 
1) agar Internet tarmogʻi orqali buyurtma berilganda tovarlar yetkazib berish (xizmatlar 
koʻrsatish) aslida Internet tarmogʻidan foydalanmagan holda amalga oshiriladigan boʻlsa, 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish; 
2) elektron hisoblash mashinalari (shu jumladan kompyuter oʻyinlari) uchun dasturlarni va 
moddiy jismlardagi maʼlumotlar bazalarini realizatsiya qilish (ulardan foydalanish huquqlarini 
taqdim etish); 
3) elektron pochta orqali maslahat xizmatlari koʻrsatish; 
4) Internet tarmogʻidan foydalanish imkonini berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling