Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI
- 283-modda. Soliq toʻlovchilar
XI BOʻLIM.
AKSIZ SOLIGʻI 40-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi (283 - 289-3-moddalar) 41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi (290 - 293-moddalar) 40-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI 283-modda. Soliq toʻlovchilar 284-modda. Soliq solish obyekti 285-modda. Soliq bazasi 286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana 287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash 289-modda. Soliq stavkalari 289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari 289-2-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari 289-3-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari 283-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Aksiz soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagi shaxslar eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; 2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar; 3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) 4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs; 5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Quyidagilar ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi: 1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni) koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling