(1-q.)
Soliq
hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda,
soliq
davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(2-q.)
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali
realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari
joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi
kunidan
kechiktirmay taqdim etiladi.
293-modda. Soliq toʻlash tartibi
(1-q.)
Soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
(2-q.)
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha soliqni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi
qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi
lozim boʻlgan olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq aksiz markalari
olinguniga qadar toʻlanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: