Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

43-BOB. JAMI DAROMAD 
297-modda. Umumiy qoidalar 
298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning 


va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan 
olinadigan daromadlar (zararlar) 
299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) 
300-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga 
voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar 
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning 
yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad 
302-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar 
303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar boʻyicha daromadlar 
304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar 
297-modda. Umumiy qoidalar 
(1-q.)
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning 
hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan 
iboratdir. 
(2-q.)
Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini inobatga olmagan holda 
aniqlanadi.
(3-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu boʻlimda daromad 
deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim boʻlgan 
daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi 
daromadlar kiradi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad; 
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha mukofot tarzidagi 
daromad; 
3) sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari 
boʻyicha daromadi; 
4) REPO operatsiyalari boʻyicha daromad; 
5) qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyalar boʻyicha ushbu Kodeksning 327-329-moddalariga muvofiq olingan daromad; 
6) amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning ushbu Kodeksning 298-
moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuni tahriridagi band) 
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish boʻyicha pul mukofoti 
tarzidagi daromad; 
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara 
(lizing) mustasno; 
9) royalti; 
10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar); 
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa 
mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad; 
12) qonunchilikda belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan 
daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan 
xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi band) 
13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga 
voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad; 


14) ushbu Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki 
zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad; 
15) ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan 
olinadigan daromad; 
16) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan 
olingan daromad; 
17) qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga 
kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 
jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash 
summalari; 
18) ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq; 
19) dividendlar va foizlar; 
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan 
daromad; 
21) shakllantirilish xarajatlari ushbu Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va 
shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari; 
22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining) 
qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) 
kamayishi munosabati bilan olgan daromad
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad; 
24) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar 
kiritish tufayli olingan daromad; 
25) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 
25-1) ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan hollarda va tartibda 
soliq bazasiga tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish 
natijasida olingan daromad; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
band) 
26) alohida hisobi mavjud boʻlmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli 
mablagʻlar tarzidagi daromad (bundan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari qoʻllaniladigan 
budjet mablagʻlari mustasno); 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
27) ushbu qismning 1-26-bandlarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlar. 
(4-q.)
Daromadlar soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi 
hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga 
doir hujjatlar asosida aniqlanadi.
(5-q.)
Jami daromad ushbu boʻlim maqsadlarida pul, natura shaklida va (yoki) boshqa 
shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan 
daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi. 
(7-q.)
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, mol-mulkning va pulda ifodalanadigan bahoga 
ega boʻlgan nomulkiy huquqlarning qiymati va (yoki) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish 
chogʻida huquqiy vorislik tartibida olinadigan (oʻtkaziladigan), qayta tashkil etilayotgan yuridik 
shaxslar oʻzining qayta tashkil etilish sanasiga qadar olgan majburiyatlarining qiymati yangi 
tashkil etilgan, qayta tashkil etilayotgan va qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari 
deb eʼtirof etilmaydi. 
(8-q.)
Agar daromadni buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq 
eʼtirof etish daromadni ushbu Kodeksga muvofiq aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa, 


mazkur daromad soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(9-q.)
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobi 
toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati 
oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan daromadlarga soliq solish 
maqsadidagi daromadlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda olingan daromadlar mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(10-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, daromadni eʼtirof 
etish sanasi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq aniqlanadi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(11-q.)
Soliq toʻlovchining daromadlariga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 332-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-q.)
Agar muayyan bir daromad daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan 
boʻlsa, jami daromadni aniqlashda mazkur daromad faqat bir marta kiritiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling