Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning 
va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan 
olinadigan daromadlar (zararlar) 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija 
amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan 
daromad (zarar) deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija 
(foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan 
uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning 
qoldiq qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining yigirma oltinchi va yigirma yettinchi qismlariga 
hamda 307-moddasining yettinchi qismiga muvofiq aniqlanadi. 
(3-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani 
(foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv boʻyicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 
toʻplangan qoʻshimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining 
oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning 
chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi. 
(4-q.)
Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya 
hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu 
Kodeksning 45-bobiga muvofiq soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda 
tutiladigan mol-mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) 


(1-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi 
tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki) xizmatlar soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof 
etiladi. 
(2-q.)
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chogʻida oluvchi shaxsning daromadlari, 
agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu mol-
mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(3-q.)
Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan tasdiqlanishi 
kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar boʻlishi mumkin:
1) yuklab joʻnatishga, yetkazib berishga yoki topshirishga doir hujjatlar
2) mahsulot yetkazib beruvchilarning narxga doir maʼlumotlari (prays-varaqlar); 
3) ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar; 
4) birja xabarlari; 
5) davlat statistika organlarining maʼlumotlari. 
(4-q.)
Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan 
moliyaviy yordam) olish chogʻida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan 
moliyaviy yordam) olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz beruvchining 
daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) 
olish sanasida stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta 
moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlgan foizlar toʻlash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish 
sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qoʻllaniladi. 
(5-q.)
Ushbu modda toʻrtinchi qismining qoidalari: 
1) banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga koʻra, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari 
tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga); 
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bir ishtirokchisi tomonidan ayni shu 
konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga (qaytarib berish 
sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda 
tutilgan soliq solishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli 
boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling