Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Uzoq muddatli kontraktlar


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar 
boʻyicha daromadlar 
(1-q.)
Agar tuzilgan kontraktlar shartlarida xizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish 
nazarda tutilmagan boʻlsa, uzoq texnologik siklli ishlab chiqarish (bir soliq davridan ortiq) 
boʻyicha mazkur xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisobga olish maʼlumotlari 
asosida daromadni bir meʼyorda eʼtirof etish prinsipi inobatga olingan holda soliq toʻlovchi 
tomonidan taqsimlanadi. 
(2-q.)
Uzoq muddatli kontraktni hisobot davrining oxiriga kelib haqiqatda ijro etish 
kontraktni bajarish boshlangandan eʼtiboran qilingan xarajatlarning solishtirma miqdorini 
kontraktni bajarishga doir xarajatlarning umumiy summasida hisob-kitob qilish asosida 
aniqlanadi. 
(3-q.)
Hisobot davrining oxiridagi daromad qilingan xarajatlarning hisob-kitob qilingan 
solishtirma miqdori va kontrakt boʻyicha daromadning (kontrakt narxlari) umumiy summasidan 
kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur kontrakt boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot 
davrida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlash chogʻida chegirib 
tashlanadi.
304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar 
Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi: 
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar; 
2) aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki 
miqdoridan) ortiqcha summasi; 
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chogʻida ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
qoʻshilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek 
tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash chogʻida olingan 
mablagʻlar; 


4) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun 
birlashtiriladigan mablagʻlar; 
5) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari 
(ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, 
ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qoʻshilgan hissa miqdorida olingan mablagʻlar; 
6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida 
boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar; 
6-1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan 
umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp 
kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan 
hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar; 
(OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan band) 
7) qonunchilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat 
tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar; 
9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan 
grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar; 
10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan 
mablagʻlar; 
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki 
vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishi 
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud 
boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan kelib 
tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar 
shartlarida bu xarajatlarning oʻrnini qoplash nazarda tutilgan boʻlsa, vositachidan yoki ishonchli 
vakildan chegirib tashlanmaydi; 
12) moliyaviy ijara (lizing) obyektining qiymati oʻrnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) 
tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining qismi tarzida qoplash
13) mol-mulk ijarasiga doir shartnoma boʻyicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara 
(lizing) mustasno; 
14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan 
texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar;
15) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan 
shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk; 
16) kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk (mablagʻ jalb 
qilishni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa shunday mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk, 
shu jumladan qarz qimmatli qogʻozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash 
hisobidan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk
17) konsessiya bitimi boʻyicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining 
qaroriga koʻra olingan mol-mulk; 
19) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli 
qogʻozlari boʻyicha olingan daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan va 
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha 
daromadlar; 
20) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va 
jarimalarning summasi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 



Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling