Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
306-modda. Amortizatsiya xarajatlari
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) (1-q.) Ushbu Kodeksga muvofiq soliq toʻlovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar sifatida hisobga oladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu Kodeks maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasida birlik (toʻplam) uchun belgilangan (asosiy vosita sifatida eʼtirof etilgan sanadagi), qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori boʻlgan, soliq toʻlovchida mulk huquqi asosida turgan (agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) va soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni ishlab chiqarishda (xizmatlar koʻrsatishda) yoki maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi oʻn ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan mol-mulk soliq solish maqsadlarida asosiy vosita deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Soliq toʻlovchi soliq davri uchun soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida mol- mulk qiymatini asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun mol-mulkning eng kam chegarasini belgilashga haqli. (4-q.) Unitar korxona amortizatsiya qilinadigan aktivni unitar korxona mulkdoridan operativ boshqaruvga yoki xoʻjalik yurituviga olganda bunday aktiv ushbu moddada belgilangan tartibda shu unitar korxonada amortizatsiya qilinishi lozim. (5-q.) Ijaraga beruvchining (qarz beruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bepul foydalanishga berilgan amortizatsiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan ajratib boʻlmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qoʻyilmalar ham amortizatsiya qilinadigan aktiv deb eʼtirof etiladi. (6-q.) Moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi) boʻyicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktiv ijara (lizing) obyektini oluvchida amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga kiritiladi. (7-q.) Quyidagi aktivlar amortizatsiya qilinmaydi: 1) yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); 2) mahsuldor chorva mollari; 3) axborot-kutubxona fondi; 4) muzey ashyolari; 5) moddiy madaniy meros obyektlari; 6) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari; 7) qiymati soliq solish maqsadida ushbu soliq toʻlovchida ilgari toʻliq xarajatlar jumlasiga kiritilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv; 8) soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar; 9) budjet tashkilotlarining amortizatsiya qilinadigan aktivlari, bundan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi munosabati bilan sotib olingan va bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan amortizatsiya qilinadigan aktivlar mustasno; 10) maqsadli moliyalashtirishning budjet mablagʻlari hisobiga sotib olingan (yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktivlar (tegishli qismi boʻyicha). Mazkur norma soliq toʻlovchi tomonidan xususiylashtirish chogʻida olingan amortizatsiya qilinadigan aktivga nisbatan qoʻllanilmaydi; 11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14 va 15-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan), shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktiv (tegishli qismi boʻyicha). (8-q.) Ushbu modda maqsadida quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan chiqarib tashlanadi: 1) konservatsiya davri uchun - qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan amortizatsiya qilinadigan aktiv; 2) soliq toʻlovchining qaroriga koʻra oʻn ikki oydan ortiq vaqt rekonstruksiya qilishda yoki modernizatsiyalashda boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktiv, bundan rekonstruksiya qilish yoki modernizatsiyalash jarayonida bunday aktivdan soliq toʻlovchi tomonidan oʻz faoliyatida foydalanilishi davom ettiriladigan hollar mustasno. (9-q.) Agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu modda maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktiv boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olinadi. (10-q.) 2021-yil 31-dekabrdan keyin sotib olingan (olingan, yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati uni sotib olishga, qurishga, ishlab chiqarishga, yetkazib berishga va foydalanish uchun yaroqli boʻlgan holatga keltirishga doir xarajatlar summasi sifatida (agar bunday aktiv soliq toʻlovchi tomonidan bepul olingan yoxud inventarizatsiya natijasida aniqlangan boʻlsa, shu aktivning ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq belgilanadigan bozor qiymati sifatida) aniqlanadi. (11-q.) Moliyaviy ijara va (yoki) lizing predmeti boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan tartibga oʻxshash tartibda aniqlanadi. (12-q.) Aksiyadorning (ishtirokchining, mulkdorning) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissasi hisobidan olingan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlangʻich qiymati deb mazkur aktivlarning aksiyadorlar (ishtirokchilar, mulkdorlar) tomonidan kelishilgan, lekin ushbu Kodeksning 299-moddasida koʻrsatilgan tartibga oʻxshash tartibda aniqlanadigan bozor qiymatidan yuqori boʻlmagan puldagi bahosi eʼtirof etiladi. (13-q.) Soliq toʻlovchining oʻzi barpo etgan (tayyorlagan, yaratgan), amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati deb bunday aktivni barpo etish (qurish, qoʻshimcha qurish, tayyorlash, yaratish) boʻyicha haqiqiy xarajatlar summasi eʼtirof etiladi. (14-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati quyidagilar hisobga olinmagan holda aniqlanadi: ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olingan va (yoki) 314-moddasiga muvofiq xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi; foizlar boʻyicha xarajatlarni va ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan yoki xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan amortizatsiya qilinadigan aktivni sotib olish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar. (15-q.) Sotish uchun moʻljallangan zaxiralar yoki aktivlar tarkibidan oʻtkazilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati ushbu aktivning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bunday kelib tushish sanasida aniqlangan balans qiymatidir. (16-q.) Agar amortizatsiya qilinadigan aktiv soliq toʻlovchi tomonidan qayta tashkil etish natijasida (bundan tashkiliy-huquqiy shakl oʻzgargan hollar mustasno) olingan boʻlsa, bunday aktivning topshirish dalolatnomasida yoki taqsimlash balansida koʻrsatilgan balans qiymati uning boshlangʻich qiymati boʻladi. (17-q.) 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga koʻra soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan, amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich (qayta tiklanish) qiymati soliq solish maqsadlarida ilgari oʻtkazilgan qayta baholashlarni hisobga olgan holda uning boshlangʻich qiymati sifatida aniqlanadi. (18-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda ushbu modda maqsadida soliq toʻlovchining qarori boʻyicha 2020-yilning 1-yanvar holatiga koʻra amalga oshirilgan va soliq toʻlovchining buxgalteriya hisobida 2020-yil 1-yanvardan keyin aks ettirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta baholanishi hisobga olinadi. (19-q.) Ushbu boʻlim maqsadida soliq toʻlovchi tomonidan 2021-yil 1-yanvardan keyin amortizatsiya qilinadigan aktiv qiymatini qayta baholash (narxini pasaytirish) amalga oshirilganda, bunday qayta baholashning ijobiy (salbiy) summasi daromad (xarajat) deb eʼtirof etilmaydi, amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda va amortizatsiyani hisoblashda hisobga olinmaydi. (20-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati bunday aktivga soliq toʻlovchi tomonidan kapital qoʻyilmalar amalga oshirilgan taqdirda, basharti ular iqtisodiy jihatdan oʻrinli boʻlsa, oʻzgaradi. (21-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati tegishli obyektlar qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, modernizatsiya qilingan, texnologik jihatdan qayta jihozlangan, qisman tugatilgan hollarda va boshqa shunga oʻxshash asoslarga, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga koʻra oʻzgaradi. (22-q.) Asbob-uskunalar, binolar, inshootlarning yoki boshqa amortizatsiya qilinadigan aktivning texnologik yoki xizmat koʻrsatish jihatidan belgilangan maqsadining oʻzgarishi va (yoki) boshqa yangi sifatlarning olinishi bilan bogʻliq ishlar, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha jihozlash, modernizatsiya qilishga doir ishlar jumlasiga kiradi. (23-q.) Ushbu modda maqsadida ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik- iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini koʻpaytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivni rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan, mavjud amortizatsiya qilinadigan aktivni qayta qurish rekonstruksiya qilish jumlasiga kiradi. (24-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning yoki uning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini texnika va texnologiyani oʻzgartirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, maʼnan eskirgan hamda jismonan ishdan chiqqan asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va almashtirish asosida oshirishga doir kompleks tadbirlar texnik jihatdan qayta jihozlash jumlasiga kiradi. Texnik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishni va amaldagilarini kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi. (25-q.) Ijaraga olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga va (yoki) bepul foydalanish shartnomasi boʻyicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga kapital qoʻyilmalar quyidagi tartibda amortizatsiya qilinadi: ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga (qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga) qiymatining oʻrni qoplanadigan kapital qoʻyilmalar ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi; ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan (qarz beruvchining roziligi bilan qarz oluvchi) amalga oshirgan, qiymatining oʻrni ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplab berilmaydigan kapital qoʻyilmalar ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi. (26-q.) 2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qoldiq qiymati bunday amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlangʻich (tiklanish) qiymati va 2021-yil 1-yanvargacha hisoblangan (jamgʻarilgan) amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. (27-q.) 2020-yilning 31-dekabridan keyin ishga tushirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymati va soliqni hisoblab chiqarish maqsadida hisoblangan (jamgʻarilgan) amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ushbu Kodeks 308-moddasining yettinchi qismiga muvofiq investitsiyaviy chegirma bekor qilingan taqdirda, jamgʻarilgan amortizatsiya investitsiyaviy chegirma chegirib tashlangan holda aniqlanadi. (28-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi. (29-q.) Agar ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalarini qayta baholash hisobga olinmagan holda boshlangʻich qiymatdan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi. (30-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivlar amortizatsiyani hisoblash maqsadida, ushbu moddaning qoidalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi asosiy fondlarining statistik tasniflari hisobga olingan holda aktivni ishga tushirish sanasida amortizatsiya guruhlari (kichik guruhlari) boʻyicha taqsimlanadi. (31-q.) Amortizatsiya qilinadigan barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno) boʻyicha amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qoʻllanilgan holda toʻgʻri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi: Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling