Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
302-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan
olingan daromadlar (1-q.) Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar deganda faoliyati soliq toʻlovchining asosiy faoliyatiga xizmat koʻrsatishga qaratilgan va soliq toʻlovchining asosiy faoliyati doirasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjaliklar tushuniladi. (2-q.) Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yordamchi xoʻjaliklar; 2) uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari: uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik mehmonxonalar bundan mustasno), tashrif buyuruvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi obodonlashtirish obyektlari, sunʼiy inshootlar, choʻmilish havzalari, plyajlarning inshootlari hamda asbob-uskunalari, aholini gaz, issiqlik va elektr bilan taʼminlash obyektlari, uy-joy- kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash uchun moʻljallangan uchastkalar, sexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va mexanizmlar, omborxonalar; 3) ijtimoiy-madaniy soha obyektlari: sogʻliqni saqlash va madaniyat obyektlari, bolalar maktabgacha taʼlim obyektlari, bolalarning dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport obyektlari, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar, kirxonalar, tikuvchilik ustaxonalari hamda maishiy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar); 4) oʻz xodimlariga yoki oʻzga shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi umumiy ovqatlanish punktlari, oʻquv kombinatlari va shunga oʻxshash boshqa xoʻjaliklar, ishlab chiqarishlar hamda xizmatlar. (3-q.) Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarning summasi bilan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning umumiy faoliyatiga bogʻliq xarajatlarning summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. (4-q.) Ushbu boʻlimga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar deb eʼtirof etiladi. (5-q.) Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling