Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki)


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) 
tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga 
doir xarajatlar 
(1-q.)
Ushbu boʻlim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va gʻoyalarni olish 
maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy 
tadqiqotlarga doir xarajatlar deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Ushbu boʻlim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni 
va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki 
qoʻllanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalariga doir xarajatlar deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
(3-q.)
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yoki asoslantirilgan 
tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha xarajatlar 
kiritiladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi 
qismlari toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin 
(4-q.)
Soliq toʻlovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga 
doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli 
ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qatʼi nazar, ushbu 
moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida 
bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan 


keyin 2-koeffitsiyent qoʻllanilgan holda chegirib tashlanadi. 
(OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son 
Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Agar soliq toʻlovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari 
yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq 
huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb eʼtirof etiladi. Bunday holda koʻrsatilgan 
xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi.
(6-q.)
Ushbu moddaning qoidalari shartnoma boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-
konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq 
toʻlovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling