Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Zaxiralarni baholash usullarini


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini 
oʻzgartirish natijasiga soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Zaxiralarni baholashning soliq toʻlovchi tomonidan oldingi soliq davrida qoʻllanilgan 
usulidan boshqa usuliga oʻtilgan taqdirda, soliq toʻlovchining jami daromadi (xarajati) 
baholashning yangi usulini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga koʻpaytirilishi 
va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim. 
(2-q.)
Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga oʻtish soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri 
boshidan eʼtiboran amalga oshiriladi.


322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha berilgan mol-mulk, ushbu boʻlim 
maqsadlarida, ishonchli boshqaruvchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi. 
(2-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
olinadigan pul mukofoti uning daromadi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Kodeksda belgilangan 
tartibda soliq solinadi.
(3-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasida ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan 
bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini ishonchli boshqaruv muassisi yoki boshqa shaxs tomonidan 
qoplash nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur xarajatlar ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb 
eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishga doir daromadlarni va 
xarajatlarni har oyda oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlashi hamda muassisga va (yoki) ishonchli 
boshqaruvning boshqa naf oluvchisiga olingan daromadlar hamda xarajatlar toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni ushbu boʻlimga muvofiq soliq bazasini aniqlash chogʻida bu daromadlar va 
xarajatlarni mazkur shaxslar tomonidan hisobga olish uchun taqdim etishi shart. 
(5-q.)
Qimmatli qogʻozlarni va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini ishonchli 
boshqarish chogʻida ishonchli boshqaruvchi daromadlar hamda xarajatlarni ushbu Kodeksning 
327-329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlaydi. 
(6-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisi 
yagona naf oluvchi boʻlsa, bunday muassisning soliq bazasini aniqlash quyidagi xususiyatlar 
inobatga olingan holda amalga oshiriladi: 
1) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar 
(shu jumladan mol-mulk amortizatsiyasi va ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash) 
olingan daromadlarning hamda amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab, ushbu boʻlimda 
belgilangan tartibda ishonchli boshqaruv muassisining daromadlari va xarajatlari tarkibiga 
kiritiladi; 
2) qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
oid operatsiyalar (ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash bundan mustasno) boʻyicha 
daromadlar (xarajatlar) ishonchli boshqaruv muassisining qimmatli qogʻozlarga va muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha daromadlari (xarajatlari) tarkibiga 
hamda bunday operatsiyalar uchun ushbu boʻlimda belgilangan tartibda tegishli toifaga kiritiladi. 
(7-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra ishonchli boshqaruv muassisi 
naf oluvchi boʻlmasa yoxud bittadan ortiq naf oluvchi aniqlansa, bunday shartnoma 
ishtirokchilarining soliq bazasini belgilash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga 
oshiriladi: 
1) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha naf oluvchining daromadlari uning 
daromadlari tarkibiga olingan daromad turiga bogʻliq ravishda kiritiladi va belgilangan tartibda 
soliqqa tortilishi lozim;
2) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar 
(ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur shartnomada pul 
mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish 
hisobidan boʻlmasligi nazarda tutilgan boʻlsa) soliq solish maqsadlarida naf oluvchining xarajatlari 
tarkibida hisobga olinadi. Bunda ishonchli boshqaruvchiga haqiqatan pul mukofoti toʻlash 
xarajatlari (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur 


shartnomada pul mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni 
kamaytirish hisobidan amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa) alohida hisobga olinadi va 
ishonchli boshqaruvchi muassisining xarajatlari tarkibidagi xarajatlar sifatida eʼtirof etiladi; 
3) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha bir nechta naf oluvchi mavjud boʻlgan 
taqdirda, ushbu qismga muvofiq daromadlar va xarajatlar ularda oʻzlariga tegishli boʻlgan ulushga 
mutanosib ravishda hisobga olinadi. 
(8-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi amalda boʻlgan davrda koʻrilgan zararlar ishonchli 
boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda hisobga 
olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvdan olinadigan kelgusi daromadlarga ushbu 
boʻlimda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. 
(9-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasini tugatish chogʻida ishonchli boshqaruvdan 
koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq bazasini aniqlashda 
hisobga olinmaydi va kelgusi davrga oʻtkazilmaydi. 
(10-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvga berilgan 
mol-mulk, mazkur shartnoma shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisiga qaytarilishi yoxud 
boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin. 
(11-q.)
Mol-mulk qaytarilgan taqdirda ishonchli boshqaruv muassisida, ishonchli 
boshqaruvga berilgan mol-mulkning ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan paytdagi 
qiymati va ushbu shartnomani tugatish paytidagi qiymati oʻrtasidagi ijobiy (salbiy ) farq yuzaga 
kelishidan yoki kelmasligidan qatʼi nazar, daromad (zarar) yuzaga kelmaydi. 
(12-q.)
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda ushbu shaxsda u olgan mol-mulkning 
qiymati miqdoridagi daromad yuzaga keladi. 
(13-q.)
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bogʻliq 
daromadlar va xarajatlar boʻyicha hamda ishonchli boshqarishdan pul mukofoti tarzida olgan 
daromadlari boʻyicha, har bir ishonchli boshqaruv shartnomasi kesimida alohida-alohida hisob 
yuritishi shart. 
(14-q.)
Muassisning yoki naf oluvchining, shuningdek ishonchli boshqaruv shartnomasi 
boʻyicha ishonchli boshqaruvchining daromadlari har bir hisobot (soliq) davrida, bunday 
shartnomada ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddatida hisob-kitoblarni amalga 
oshirish nazarda tutilganligidan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, shakllantiriladi. 
(15-q.)
Agar ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi yuridik shaxs boʻlsa, 
ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish (shu jumladan 
amortizatsiya chegirmalarini hisoblab chiqarish) bilan bogʻliq daromadlarni va xarajatlarni 
ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi boʻlgan yuridik shaxsning soliq solish 
maqsadida hisob siyosatidan kelib chiqqan holda aniqlashi shart. Bunda ishonchli boshqaruvchi 
ishonchli boshqaruvning ushbu muassisiga soliq bazasini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha 
birlamchi hujjatlarni taqdim etishi shart. 
(16-q.)
Ushbu moddaning (bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari 
mustasno), shuningdek ushbu Kodeks 336-moddasi ikkinchi qismining qoidalari alohida mol-
mulk majmui - pay investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqaruvchi kompaniyaga va 
ishonchli boshqaruv shartnomasi ishtirokchilariga (muassislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi.



Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling