Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat
shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar foyda soligʻini hisoblab chiqarish hamda toʻlashda qoʻllaniladi. (3-q.) Soliq boʻyicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda: 1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq jami daromadga kiritiladi; 2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi. (4-q.) Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomasi) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat boʻyicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni hisoblab chiqaradi va toʻlaydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi va majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. (5-q.) Ishonchli shaxs foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashga haqli emas. (6-q.) Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling