2) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar hisobidan amalga oshirilgan
xarajatlarning va boshqa daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarning alohida-alohida
hisobga olinishini nazarda tutuvchi soliq hisobi maʼlumotlari asosida.
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hisob mavjud boʻlmagan va
(yoki) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlardan moʻljallangan
maqsadda
foydalanilmagan taqdirda (budjet mablagʻlari bundan mustasno), soliq toʻlovchi
tomonidan
olingan maqsadli mablagʻlar ushbu soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga kiritiladi va unga
umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
(5-q.)
Maqsadli foydalanilmagan budjet mablagʻlariga nisbatan budjet toʻgʻrisidagi
qonunchilik normalari qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Ushbu moddaning qoidalari faoliyatni ijtimoiy sohada
amalga oshiruvchi notijorat
tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: