Reja: Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati


Download 21.24 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi21.24 Kb.
#1396928
  1   2
Bog'liq
tarix SARDOR


Mavzu: Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Reja:

  1. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati

  2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyasi

  3. Manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.



Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida 2 ta nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta’sis syezdini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Soʻnggi yilarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada soʻnggi toʻrt yilda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshib, 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda yurtimizda toʻqqiz mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishishda muhim rol oʻynamoqda.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 ga yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.
Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini yanada taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-mayda PF – 5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda qator qulayliklar yaratildi, xusuan Farmonga asosan, 2018-yil 1-iyundan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida adliya organlari bilan kelishish shartlari bekor qilindi hamda xabardor qilish tartibi joriy etildi.
Natijada nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatidagi byurokratik toʻsiqlardan biri bartaraf etilishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar soni bir yilning oʻzida 10 665 taga oshdi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan, ularni olish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng, biron-bir toʻsiqlarsiz foydalanishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish maqsadida ularning faoliyati bilan bogʻliq bir qator xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini taʼminlovchi www.e-ngo.uz portali ishga tushirildi.
Ushbu portal orqali elektron tarzda:
- nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlar taqdim qilish;
- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun elektron tarzda hujjatlar taqdim etish amalga oshirib kelinmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyatlar markazida “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil etilib, 500 taga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlarining bino bilan bogʻliq muammolari hal etildi hamda ularning ijtimoiy foydali faoliyati qayta tiklanishiga erishildi. Jumladan, ushbu uylarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirildi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash koʻlami kengaytirilib, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar huzurida fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tashkil etildi. Hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratishning huquqiy asoslari mustahkamlandi va joriy yilda ilk bor ushbu manbalardan ijtimoiy loyihalar moliyalashtirildi.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlarining adliya va soliq organlari oldidagi hisobdorligi yengillashtirilganli va toʻliq elektronlashtirilganligini taʼkidlash lozim. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli hisobot topshirish koʻrsatkichi 35 foizga oshdi.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish va ular faoliyatini erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida 2021-yil 3-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 5012-son “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida«gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2021-yil 1-martdan boshlab:
- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilgan (maʼlumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha oshirildi;
- nodavlat notijorat tashkilotini qayta roʻyxatdan hamda uning ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati bir oydan oʻn besh kungacha qisqartirildi;
- nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirish bekor qilindi;
- hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi;
- nodavlat notijorat tashkilotining alohida boʻlinmasi yuridik shaxs hisoblanishi, bunda alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, 2021-yil 4-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da belgilangan vazifalar doirasida, 50 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi va kurslarni tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Taʼkidlash lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat tomonidan qulaylik va yengilliklar yaratish, ular faoliyatining erkinligini taʼminlash sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ajratiladigan davlat ijtimoiy buyurtmalari sonini oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy ahamiyatga ega grant loyihalarini tayyorlash hamda ularni amalga oshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish, ular faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish, ular faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda.
Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.


Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling