Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
412-modda. Soliq bazasi
(1-q.) Quyidagilar soliq bazasidir: 1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha - oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi uchinchi-oltinchi xatboshilari bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang) Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1- bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas: Toshkent shahrida - ikki million besh yuz ming soʻm; Nukus shahrida va viloyat markazlarida - bir million besh yuz ming soʻm; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - bir million soʻm. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi. (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari qonunchilikda belgilanadi; (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha - tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati; 3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha - mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha). (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymatidir. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling