404-modda. Soliq bazasi
(1-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga
muvofiq toʻlanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari
xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro
hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar
uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning Oʻzbekiston Respublikasida
budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta
hisoblab chiqariladigan, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga
qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
(3-q.)
Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha
soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar
summasi sifatida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan
taʼminlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma boʻyicha xarajatlar umumiy
summasining 90 foizidan kam boʻlmagan summada belgilanadi.
405-modda. Soliq stavkalari
(1-q.)
Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
N
Soliq toʻlovchilar
Soliq stavkalari,
foizlarda
1.
Soliq toʻlovchilar, bundan 2-4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
12
2.
Budjet tashkilotlari
25
3.
"SOS - Oʻzbekiston Bolalar mahallalari" uyushmalari
7
4.
Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi
boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar
4,7
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |