Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
406-modda. Soliq davri. Hisobot davri
(1-q.) Kalendar yil soliq davridir. (2-q.) Yil oyi hisobot davridir. 407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. (2-q.) Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar boʻyicha soliqni toʻlash majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. (4-q.) Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa -keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Soliqni toʻlash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; 2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq 4) band chiqarib tashlangan 4) qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" uyushmasi aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda toʻlanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq toʻlovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda, quyidagi soliq toʻlovchilar tomonidan esa majburiy tartibda toʻlanadi: (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) "Hunarmand" uyushmasining aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilari uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin "Usta-shogird" maktablari oʻquvchilari - ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrda; dehqon xoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan "Hunarmand" uyushmasining aʼzolari soliq toʻlashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan eʼtiboran amalga oshiriladi. (4-q.) Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan - har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan - hisobot yilining 1- dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan soliqni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiriladi. (6-q.) Soliqni toʻlash majburiyati: yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolari uchun - oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining; yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun - ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. (7-q.) Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov kiritilayotgan davr koʻrsatilishi shart. Bunda oila aʼzolari - oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila aʼzosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun - yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi. (8-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. (9-q.) Soliq organlari tomonidan olingan, har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. (10-q.) Agar faoliyatini toʻxtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha soliqni hisoblash toʻxtatilmaydi. (11-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi - beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling