Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

429-modda. Soliq stavkalari 


(1-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari 
respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda 
belgilanadi: 
Respublika hududlari 
1 gektar uchun bazaviy 
soliq stavkasi (mln soʻmda) 
Toshkent shahri: 
1 zona 
2 zona 
3 zona 
4 zona 
5 zona 
242 
193 
149 
99 
50 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
31 
Andijon viloyati 
39 
Buxoro viloyati 
32 
Jizzax viloyati 
32 
Qashqadaryo viloyati 
32 
Navoiy viloyati 
32 
Namangan viloyati 
39 
Samarqand viloyati 
39 
Surxondaryo viloyati 
29 
Sirdaryo viloyati 
24 
Toshkent viloyati 
33 
Fargʻona viloyati 
33 
Xorazm viloyati 
32 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq 
miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 
0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu 
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga 
moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga 
qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; 
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining 
ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - ushbu 
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan 
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, 
mahalla, koʻcha kesimida kiritadi. 


(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(3-q.)
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri 
uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga 
moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer 
uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq 
toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-oʻn birinchi qismlar 
toʻrtinchi-oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin 
(4-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi 
ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. 
OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(5-q.)
Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan 
iborat boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil 
etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq 
toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan 
egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qoʻllaniladi. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq beshinchi-oʻn beshinchi qismlari 
oltinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin 
(6-q.)
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent 
qoʻllaniladi: 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga 
qarang) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq ikkinchi xatboshi chiqarib 
tashlangan 
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlar umumiy 
sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq 
toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik 
shaxslar egallagan yerlar; 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi-toʻqqizinchi xatboshilari 
ikkinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin 
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar; 
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va 
radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, 
radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat 
koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari 
hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar; 
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, 
liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl 
qurilmalaridan iborat temir yoʻl stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan 
tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik 
foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 


magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga 
qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa 
ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan 
yerlar; 
samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, 
fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar; 
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi 
uchun ajratilgan yerlar - qurilishning normativ muddati davrida; 
konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar - ularning konservatsiyasi davrida. 
(7-q.)
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik 
shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(8-q.)
Bunda ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda 
tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari boʻyicha oʻrtacha 
belgilangan soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qoʻllaniladi. Har bir tuman va shahar boʻyicha 
oʻrtacha soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi 
soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari 
asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq sakkizinchi-oʻn oltinchi qismlari 
toʻqqizinchi-oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin 
(9-q.)
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki 
ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) 
taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud boʻlgan 
bonitent balidan kelib chiqkan holda toʻlanadi. 
(10-q.)
Qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), 
soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning boshidan 
yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati boʻyicha, 
agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan toʻlanadi.
(11-q.)
Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq 
xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan soliq 
stavkalarining ikki baravari miqdorida toʻlanadi. 
(12-q.)
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar 
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari 
boʻyicha toʻlanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq oʻn uchinchi qismi chiqarib 
tashlangan 
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(13-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun 
moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali 
foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalari 


joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli 
bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq 
etilmaydi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn toʻrtinchi-oʻn yettinchi qismlari 
oʻn uchinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin 
(13-q.)
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-
smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar 
qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli 
boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi 
tugallanmagan obyektlar kiradi. 
(14-q.)
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi 
hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq 
stavkalarining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi. 
(15-q.)
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq 
deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov 
zonada joylashgan yerlar uchun esa - 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanadi. 
(OʻzR 
14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(16-q.)
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq 
deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda 
toʻlanadi, bundan ushbu moddaning oʻn beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling