Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

427-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Quyidagilar soliq bazasidir: 
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha - ushbu Kodeksning 428-moddasi 
ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan 
holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha - ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi 
qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer 
uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi 
yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq 
vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni 
kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran 
kamaytiriladi. 
(3-q.)
Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq 
bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq 
bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab 
chiqariladi (koʻpaytiriladi). 
(4-q.)
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, 
soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi boʻyicha alohida-alohida 
hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmaganda, soliq 
bazasi soliqni toʻlash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum 
hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
428-modda. Soliq imtiyozlari 
(1-q.)
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan 
energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va koʻproq) uskunalari egallagan yer uchastkalari 
boʻyicha ular ishga tushirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga soliqdan ozod etiladi. 
(2-q.)
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: 
madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort 
obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy taʼminot obyektlari egallagan yerlar; 
(OʻzR 
30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-
sogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti 
bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; 
aholi punktlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari (magistral suv quvurlari, 
vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv 
olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va 
dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan 
yerlar); 


magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, 
aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat 
qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan 
yerlar; 
ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari 
sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar 
uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan 
oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; 
choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar
boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi 
oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; 
kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida 
qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar; 
suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari 
joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan 
eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi 
vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari 
joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki 
demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha 
majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi; 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar - vakolatli organ 
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular 
oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida; 
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar - vakolatli organ 
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga; 
yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator 
oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, besh yil 
muddatga. Kuzda oʻtqazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini 
hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtqazilgan 
koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi; 
(OʻzR 05.05.2022-
y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
ilmiy tashkilotlarning, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba 
xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi 
ahamiyatiga molik boʻlgan yerlar va oʻrmon fondining yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy 
tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari 
tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar 
egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi
qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) 
antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas 
qismi boʻlgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari. 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
(3-q.)
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari belgilangan maqsadda bevosita 
foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling