Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

454-4-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud boʻlganda 
esa soliq bazasi nolga teng deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Soliq bazasi ushbu Kodeksning 454-3-moddasida oʻziga nisbatan renta daromadini 
aniqlash nazarda tutilgan yer qaʼrining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan 
uchastkalar guruhi) boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. 
(3-q.)
Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan 
aniqlanadi. 


(4-q.)
Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga 
oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash 
huquqiga ega.
(5-q.)
Agar birinchi soliq davri yakunlariga koʻra renta zarari olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi 
bunday zarar miqdorini keyinchalik "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻida AQSH 
dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning oʻrtacha yillik 
almashuv kursi boʻyicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu 
hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga koʻra AQSH dollarida 
nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, toʻlanish muddati oʻn yil (2031-yilgacha) 
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib 
aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi. 
(6-q.)
Soliq davri uchun oʻrtacha yillik kurs soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda, 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun 
belgilangan kurslarini qoʻshish chogʻida olingan summani 2 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. 
(7-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun 
ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan eʼtiboran boshlanadigan soliq davri soliq toʻlovchi 
litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq 
bazasini aniqlashi shart boʻlgan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar bunda koʻrsatilgan 
ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan boʻlsa, metallarni yoki uglevodorod 
xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan 
keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar boʻlgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga 
nisbatan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga 
haqli. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish 
(ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga 
oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, xususan, 
quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi: 
1) geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma 
(litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) 
uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xomashyosini 
qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga; 
2) yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga; 
3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik 
ishlariga. 
(10-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni amalga oshirish 
sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(11-q.)
Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan 
aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) 
doir ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida 
foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish 
xarajatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi. 
(12-q.)
Agar soliq davri yakunlari boʻyicha renta daromadi olingan boʻlsa, soliq bazasi 
jamgʻarilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamgʻarilgan renta zararining 


toʻliq summasi oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmaganda esa - renta daromadi summasiga 
kamaytiriladi. Bunda jamgʻarilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga 
qaratilgan summaga kamaytiriladi. 
(13-q.)
Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq toʻlovchi kapital 
xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha renta zararini olgan 
hollarda, bu zarar "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻiga kiritiladi va unga nisbatan 
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda 
keyingi soliq davrida "jamgʻarilgan renta zarari" hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa ushbu 
moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi. 
(15-q.)
Agar jamgʻarilgan renta zarari toʻlanganidan va renta daromadi shakllanganidan 
keyin soliq toʻlovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, koʻrsatilgan zararning oʻrni mazkur 
moddaning oʻn ikkinchi - oʻn toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibga oʻxshash tartibda 
qoplanadi. 
(16-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qaʼri 
uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga oʻtkazilganda, sotilgan 
sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud boʻlgan renta zararining qoldigʻi ushbu moddaning 
beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga 
oʻtadi. 
(17-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun 
ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida oʻrni qoplanmagan jamgʻarilgan renta zarari 
soliq toʻlovchiga kompensatsiya qilinmaydi. 
(18-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va 
daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek 
majburiy auditdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur 
xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling