Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

454-5-modda. Soliq stavkalari 
(1-q.)
Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida 
belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi. 
(2-q.)
Yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanish yoki 
ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega boʻlgan, avval qidiruv oʻtkazilgan yer qaʼri uchastkasida alohida 
obyektlar boʻyicha metallarni yoxud uglevodorod xomashyosini qazib olish huquqi tanlov 
savdolariga qoʻyilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining 
ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq toʻlovchi 
soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
454-6-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. 


(2-q.)
Yilning choragi hisobot davridir. 
454-7-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454-4-moddasiga 
muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta 
hisob-kitob qilinadi. 
(2-q.)
Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchi 
tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 
renta zarari mavjud boʻlgan davrda - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-
martidan kechiktirmay
soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda - har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot 
davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan 
keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay. 
(3-q.)
Soliqni toʻlash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari 
boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling