Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
464-modda. Soliq bazasi
(1-q.) Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb eʼtirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: 1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar; 2) soliq agentida soliq solinishi lozim boʻlgan dividendlar; 3) qaytariladigan koʻp marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan boʻlsa; 4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qoʻshimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; 5) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 6-bandning qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2022-yil 1-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi (2-q.) Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 1) brokerlik tashkilotlari uchun - bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimi summasiga; 2) komissiya shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun - tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida; 3) turizm faoliyati subyektlari uchun - turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga; 4) tadbirkorlik subyektlari uchun - tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda oʻz xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar summasiga. (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling