(1-q.)
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat
turi bilan shugʻullanadigan soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha
alohida-alohida
hisob yuritishi hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha
soliqni toʻlashi shart.
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik
shaxs boʻlmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha
savdo nuqtalariga ega soliq
toʻlovchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(3-q.)
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21,
22, 23, 25 va 27-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga
soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi
ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadi.
(4-q.)
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2-14-bandlarida koʻrsatilgan
faoliyat turlari mavjud boʻlmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan
daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq
solinadi.
469-modda. Soliq davri. Hisobot davri
(1-q.)
Kalendar yil soliq davridir.
(2-q.)
Bir oy hisobot davridir.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(Oldingi tahririga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: