Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

XXI BOʻLIM. 
SOLIQ TOʻLOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA 
VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM 


HUDUDLARIDA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi boʻlim nomi) 
(Oldingi tahririga qarang) 
67-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari (471 - 472-moddalar) 
68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (473 - 474-moddalar) 
69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida 
amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari (475 - 476-moddalar) 
70-bob. Advokatlar hayʼatlariga, advokatlik firmalariga, 
advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari (477 - 478-moddalar) 
71-bob. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (479 - 480-moddalar) 
71-1-bob. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (480-1 - 480-2-moddalar) 
72-bob. Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini 
bajarish (481 - 483-moddalar) 
67-BOB. TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY ChET EL 
INVESTITSIYALARI ISHTIROKIDAGI YURIDIK 
SHAXSLARGA SOLIQ SOLISHNING 
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari 
472-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan 
soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi 
471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari 
(1-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va 
qonunchilikda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
nazarda tutiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari 
boʻlgan jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi 
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar 
tushuniladi. 


(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy 
chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi. 
(4-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling