(3-q.)
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy
shaxslardan olinadigan
daromad soligʻi solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy
(oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish
(1-q.)
Hisobot soliq davrida soliq bazasini koʻpaytirish yoki
kamaytirish daromadlarga
tuzatish kiritish deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
3) narxlar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovlardan
foydalanganda;
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir
yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha
esa kafolat
muddati doirasida amalga oshiriladi.
(4-q.)
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi
qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiradi.
(5-q.)
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish
kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(6-q.)
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish
kiritiladigan daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash hollari mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: