Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

454-3-modda. Renta daromadi 
(1-q.)
Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya 
qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga 
qoʻshimcha qiymat soligʻini va aksiz soligʻini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan 
qoʻllanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish 
(ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq renta daromadi deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yoʻsinida dastlabki qayta 
ishlashdan, rudani boyitishdan) oʻtgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli boʻlgan metallarni yoki 
uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi. 
(3-q.)
Agar soliq toʻlovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib 
olingan uglevodorod xomashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga 
berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya 
qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda 
tashish uchun soliq toʻlovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta 
ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xomashyolariga 
ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning 
toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, metallar 
va uglevodorod xomashyolarining ayrim turlari boʻyicha ularni qayta ishlashdan olingan 
mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan 
bogʻliq xarajatlar kiritilishi mumkin. 
(4-q.)
Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan, realizatsiya qilish 
uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur 
va yetarli boʻlgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xomashyosini 
qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Bunda kapital 
xarajatlar (shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, 
infratuzilmani yaratish va boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qaʼri 
uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya 
olingan yer qaʼri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb yuritiladi) 
oʻzlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu texnologik shartlarda 
nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi.
(5-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va 
asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib, 
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi qayta 
ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin boʻladi. 
(6-q.)
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi: 
1) zarur xomashyoni, materiallarni, issiqlik va boshqa energiya resurslarini sotib olishga; 


2) inventarga, xoʻjalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk boʻlmagan boshqa 
mol-mulkka; 
3) soliq toʻlovchining texnologik, transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan yoqilgʻi, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun energiyaning 
barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan ishlab chiqish, 
shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari; 
4) litsenziyalar uchun haq va ijara toʻlovlarini toʻlashga; 
5) ushbu Kodeksning 371 - 374-moddalarida nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan chet 
el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq toʻlashga; 
6) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga; 
7) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari 
doirasida toʻlangan soliqlar va yigʻimlarga haq toʻlashga; 
8) chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va 
xizmatlarga haq toʻlashga. 
(7-q.)
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi: 
1) amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati 
chegirilgan holda); 
2) marketing va reklama tadbirlariga; 
3) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga; 
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga oʻxshash boshqa 
organi) aʼzolari, maʼmuriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq toʻlashga; 
5) soliq toʻlovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga; 
6) xodimlarning malakasini oshirishga, mobil aloqa va internetga; 
7) zaxiralarni tashkil etishga va sugʻurta qilishning ixtiyoriy turlariga
8) moliyaviy faoliyat boʻyicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital 
xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni toʻlashga. 
(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod 
xomashyolarini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha alohida investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan, 
kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar roʻyxatini toʻldirishga haqli. 
(9-q.)
Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish 
(ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan, 
shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi, 
shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar 
va xarajatlar hisobga olinmaydi. 
(10-q.)
Renta daromadini aniqlash chogʻida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan 
xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga 
kiritiladi. 
(11-q.)
Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xomashyosini 
qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan 
renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 80-moddasi 
talablariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning 
birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart. 
(12-q.)
Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki 
uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha faoliyat, agar unda koʻrsatilgan 
litsenziyalangan uchastkalarni oʻzlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki 


uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash 
uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan boʻlsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga 
oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan 
uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq toʻlovchi har bir litsenziyalangan uchastkada 
amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) 
boʻyicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish toʻgʻrisidagi 
qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar roʻyxatini koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni 
qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qoʻshimcha shartlari va tartibini belgilashga 
haqli. Qarorda koʻrsatilgan litsenziyalangan uchastkalar roʻyxati unga qoʻshimcha uchastkalarni 
kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
(13-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda 
koʻrsatilgan, ilgari roʻyxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni 
(metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan 
foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani) 
qaytargan, undan oʻzganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka 
ushbu roʻyxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning 
renta daromadini oshiradi. 
(14-q.)
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida 
hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi 
litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) boʻlsa, oʻsha litsenziyalangan uchastka bilan 
bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi. 
(15-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan 
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma 
(litsenziya) olgan kundan eʼtiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari boʻyicha mustaqil 
ravishda aniqlaydi. 
(16-q.)
Renta daromadini aniqlash chogʻida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 454-4-
moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi. 
(17-q.)
Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy boʻlib qolsa, ushbu moddaning 
birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar va daromadlar oʻrtasidagi ijobiy farq renta zarari deb 
eʼtirof etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling