Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
451-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish
(ajratib olish) chogʻida soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin va molibden (bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi) boʻyicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi. (2-q.) Metallarni qazib olish (ajratib olish) chogʻida quyidagilar soliq bazasi boʻladi: 1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi; 2) oltin va misni realizatsiya qilish chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq toʻlovchi oltin va mis boʻyicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli; 3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Agar ajratib olingan kumush, platina, palladiy, rux, qoʻrgʻoshin yoki molibden rudadagi asosiy metall boʻlmasa yoki ularni ajratib olish oltin va (yoki) mis ajratib olinayotgan (boyitilayotgan, qayta ishlanayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliq bazasini ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlarini chegirib tashlamagan holda aniqlashga haqli. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ- 812-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni ajratib olish chogʻida ushbu metallar rudadagi asosiy metallar boʻlsa, boshqa metallar, shu jumladan oltin va mis boʻyicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Agar soliq toʻlovchi metallar bilan birga boshqa qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan nodir elementlarni va nodir yer elementlarini ajratib olayotgan boʻlsa, boshqa metallar (elementlar) boʻyicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda, oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Agar soliq toʻlovchi rudadagi asosiy metallar bilan birga boshqa metallarni, shu jumladan texnogen chiqindilardan (chang, shlak, kek, shlam va boshqalardan) metallarni ajratib olsa, ushbu metallar (elementlar) boʻyicha soliq solinadigan baza ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda oʻrtacha olingan (oʻrtacha arifmetik birja) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (7-q.) Soliq (hisobot) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina boʻyicha oʻrtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar boʻyicha esa London metallar birjasining (London Metal Exchange) maʼlumotlari asosida aniqlanadi. (8-q.) Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada belgilangan boʻlsa, shu valyuta boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan valyuta kursiga koʻpaytirilgan metallar narxlarini qoʻshishda hosil boʻlgan summani koʻrsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga boʻlish orqali aniqlanadi. (9-q.) Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks 451-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi. (10-q.) Soliq organlari har oyda, soliq (hisobot) davridan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay, oʻzlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilgan har bir metall turi uchun oʻrtacha arifmetik birja narxini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling