Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

XVIII BOʻLIM. 
YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK 
UCHUN SOLIQ 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi boʻlim) 
(Oldingi tahririga qarang) 
64-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni 


hisoblab chiqarish va toʻlash (449 - 454-moddalar) 
64-BOB. YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN 
SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH 
449-modda. Soliq toʻlovchilar 
450-modda. Soliq solish obyekti 
451-modda. Soliq bazasi 
451-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish 
(ajratib olish) chogʻida soliq bazasini aniqlashning 
oʻziga xos xususiyatlari 
452-modda. Soliq stavkalari 
453-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
449-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va 
(yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu 
boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik 
va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon 
ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni 
oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar 
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga 
taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi. 
450-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb 
yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: 
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; 
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, 
shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan 
hajmi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), 
birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida 
yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan 
tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud 
boʻlmaganda esa - soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 


(3-q.)
Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga 
birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yoʻqotishlar 
texnologik yoʻqotishlar deb eʼtirof etiladi, xususan: 
foydali qazilmalarni qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq 
yoʻqotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib boʻlmaydigan zaxiralari); 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chogʻidagi yoʻqotishlar;
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida 
ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. 
(4-q.)
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. 
(5-q.)
Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: 
soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda 
shaxsiy xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. 
Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi
qonunchilikda belgilangan tartibda daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni 
mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan 
realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling